
- 4
- 26.10.2024 17:28:00
- 1 daq o'qish
Ayol 1993-yildan 2003-yilgacha bo‘lgan davrda bolalarni o‘g‘irlab, sotgan. Yuy Huain ismli ushbu jinoyatchi ayol avval ham bola savdosi uchun sudlangan. 2004-yilda u jinoyat sodir etayotganda hibsga olingan, ammo o‘zini boshqa odam sifatida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan. Shunda sud uni 8 yilga ozodlikdan mahrum qilgan, ammo 2009-yilda jazo muddati 3 yilga qisqartirilgan edi. 2022 yilda o‘g‘irlab ketgan qizlardan biri unga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Shundan keyin Yuy Huainning butun jinoiy tarmog‘i fosh bo‘lgan. Ayolning jinoiy harakatlari oqibatida 12 oila judolikka uchragan, ba’zilari esa butunlay barbod bo‘lgan (ayrim ota-onalar bolasining firog‘ida og‘ir xastalikka uchrab, vafot etgan). Sud shu sababli o‘lim jazosini qo‘llagan.