
- 7
- 25.04.2023 16:01:00
- 2 daq o'qish
23 aprel kuni Yaponiya bo‘ylab shahar va qishloqlarda merlik va deputatlik saylovlari bo‘lib o‘tdi.
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan 37 yoshli Orzugul Boboxo‘jayeva Setagaya okrugi deputatligiga saylangan. U bu haqda 24 aprel kuni Facebook'dagi sahifasida yozdi.
“Birinchi marta 6771 ta ovoz bilan Setagaya okrugi deputatligiga saylandim. Hammaga rahmat. Bugun Setagaya palatasi idorasiga g‘oliblik sertifikatini qabul qilish uchun boraman. Sevimli Yaponiyamni Setegaya okrugi orqali o‘zgartiraman”, – deya yozgan u yapon tilida.
Orzugul Boboxo‘jayeva, o‘zining Twitter sahifasida yozishicha, 14-15 yoshlaridan beri Yaponiyada yashaydi. Avval logistika kompaniyasi, keyin vino kompaniyasida ishlagan. Frilanser va restoran menejyeri sifatida ham faoliyat yuritgan.
"Orzugul – iqtidorli boshlovchi va ishbilarmon ayol. Ukasi va onasiga qarashish uchun boshidan musofirchilikni o‘tkazgan. Bugun Yaponiya siyosiy liberal partiyasi tomonidan deputatlikka nomzodi ko‘rsatildi. Yaponiyalik raqiblari bilan birdek kurashib, 6 771 ovoz bilan Setagaya tuman deputatligiga saylandi", – deydi Kun.uz bilan suhbatda yaponshunos Dilafruz Ikromova.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 9 aprelda Yaponiyada butun mamlakat bo‘ylab mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovning ikkinchi turi 23 aprel kuni o‘tkazildi. Hukmron partiya bo‘lmish Liberal-demokratik partiya (LDP) saylovlarda g‘alaba qozondi.
Boboxo‘jayeva deputat etib saylangan Setagaya Tokio shahridagi maxsus okrug hisoblanadi.
Setagaya ko‘p aholiga ega hudud bo‘lib, Tokio maxsus okrugining ikkinchi (Oitidan keyin) eng katta maydoniga ega. Hududda aholi soni 921 120 nafarni, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 16 177 nafarni, umumiy maydoni 58 km kvadratni tashkil qiladi.
Manba: Kun.uz