Odamlarni yuvintiradigan kir mashina

Odamlarni yuvintiradigan kir mashina
  • 6
  • 09.12.2024 10:40:00
  • 1 daq o'qish

Yaponiyaliklar odamlarni “yuvadigan” g‘ayrioddiy kir yuvish mashinasini namoyish etdi. Qurilmaning tomi shaffof kabinadan iborat, markazda o‘rindiq joylashtirilgan. Unga odam o‘tirganda, kabina ichidagi bo‘shliq issiq suv bilan to‘ladi. Mashinaga bir kishi bemalol sig‘adi. Sensorlar va sun’iy idrokka asoslangan tizim suvning haroratini mustaqil boshqaradi. Bir kishini yuvintirib, quritish uchun taxminan 15 daqiqa ketadi. 
Mashina 2025-yil bahorida Osaka shahrida o‘tkaziladigan Butunjahon ko‘rgazmasida ommaga namoyish etiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News