Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
  • 5
  • 23.03.2023 11:18:00
  • 1 daq o'qish

Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Oxirgi ikki yilda jahonda oziq-ovqat inflyatsiyasi yiliga 15-20 foizdan pasaymayotgani, o‘simlik yog‘i, sut va go‘shtning jahon narxi so‘nggi 30 yildagi, don mahsulotlari va shakar esa so‘nggi 10 yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgani qayd etildi.

Eksport-importda logistika, o‘g‘it va yoqilg‘i xarajatlari oshib ketgani ham oziq-ovqat narxlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatayapti. Tahlillarga ko‘ra, bu holat 2023 yilda ham, kelgusi yillarda ham saqlanib qoladi.

Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga 200 ming gektar yer ajratilgani, 500 ming gektar qo‘shimcha yerlar oborotga kiritilgani ichki bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish va eksportni ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.

– Lekin, aholimiz soni o‘sib borayotgani, jahondagi nobarqaror vaziyat, logistikadagi uzilishlar oziq-ovqatni ko‘paytirish bo‘yicha oldimizga yanada katta vazifalarni qo‘ymoqda, – dedi davlatimiz rahbari.

Shu munosabat bilan viloyat, tuman hokimlari oziq-ovqatni ko‘paytirish, odamlarni band qilish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni izlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Manba: uza.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News