Sun’iy intellekt yordamida vaksina yaratildi

Sun’iy intellekt yordamida vaksina yaratildi
  • 12
  • 06.06.2026 17:19:00
  • 1 daq o'qish

Kembrij universiteti olimlari tarixda ilk bor sun’iy intellekt tomonidan loyihalashtirilgan vaksinani odamlar ishtirokida sinovdan o‘tkazdi. Yangi vaksina koronavirusning turli turlariga, jumladan, kelajakda hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin bo‘lgan viruslarga qarshi himoya yaratishga qaratilgan.
Sun’iy intellekt minglab koronaviruslarning genetik ma’lumotlarini tahlil qilib, immunitet tizimini butun bir viruslar oilasiga qarshi tayyorlay oladigan maxsus antigen yaratgan.
Dastlabki sinovlarda 39 nafar ko‘ngilli qatnashgan. Olimlar endi qariyb 200 kishi ishtirok etadigan ikkinchi bosqich tadqiqotlarini boshlashni rejalashtirmoqda.
Tadqiqotchilar ushbu texnologiya kelajakda pandemiyalarning oldini olish, shuningdek, gripp, qush grippi va Ebola kabi kasalliklarga qarshi universal vaksinalar yaratish imkonini berishi mumkinligini aytmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News