
- 6
- 05.05.2026 18:43:00
- 1 daq o'qish
Kerakli mahsulotlar:
350 gr un
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq razrixlitel
3 osh qoshiq shakar
200 gr sariyog‘
200 gr qaymoq
900 gr gilos
1 osh qoshiq kraxmal
3 osh qoshiq qand upasi
Kremi uchun:
750 gr qaymoq
150 gr shakar
Tayyorlanishi:
Idishga un, razrixlitel, qirg‘ichdan o‘tkazilgan sariyog‘ solinib, bir-biri bilan yaxshilab qorishtirib olinadi. Keyin, boshqa idishda qaymoq, shakar, tuz aralashtirilib, un va sariyog‘ qorishmasi ustiga solinadi va xamir holiga keltiriladi. Tayyor bo‘lgan xamir bir soatga muzlatkichga qo‘yiladi. So‘ng, xamir bo‘laklarga bo‘linib, to‘rtburchak shaklda yoyib chiqiladi. Yoyilgan xamir ichiga kraxmal bilan aralashtirilgan gilos teriladi va rulon shaklida o‘ralib, ikki tomoni yaxshilab berkitiladi. Tayyor bo‘lgan rulonlar pechda 190–200°C da qizarguncha pishiriladi. Kremi uchun qaymoq va shakar ko‘pirtirib olinadi. Nihoyat, pishgan shirinlik patnisga piramida shaklida terilib, oralariga krem surtib chiqiladi ba bir kunga muzlatkichga yuboriladi.
Yoqimli ishtaha😍😋!