Maktablar uchun yagona davlat imtihoni joriy qilinadi

Maktablar uchun yagona davlat imtihoni joriy qilinadi
  • 0
  • 16.09.2025 08:00:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari o‘tkaziladi. Bu orqali o‘quvchilar qobiliyatiga qarab kasb-hunarga yoki oliy ta’limga yo‘naltiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida bu yangilikni ma’lum qildi. Endi bitiruvchilar maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan istasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladi.
Shuningdek, xalqaro sertifikatlar ham yakuniy imtihonlarda tan olinadi. Bu o‘quvchilar uchun uchta alohida imtihon o‘rniga yagona tizimga o‘tishni ta’minlaydi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News