O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi
  • 12
  • 13.03.2024 13:22:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 mart kuni tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va eksportga jalb etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Bu haqda davlat rahbari 2023 yil 18 dekabrda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytgan edi. Shundan so‘ng, ekspertlar ishtirokida tadbirkorlarning takliflari asosida yangi yondashuvlar ishlab chiqildi.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, sohadagi agentlik va jamg‘armalar o‘rniga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi. U chet eldan malakali dizayner, texnolog va marketologlarni jalb etib, milliy mahsulotlarni xalqaro talablarga moslashtirish, eksportchilarning yangi bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish, milliy brendlarni xorijda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. Bu kompaniya tomonidan subsidiya, kompensatsiya va boshqa ko‘maklar tadbirkorlarning barqarorlik reytingi asosida ajratiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News