
- 10
- 27.09.2024 14:00:00
- 1 daq o'qish
“Rossotrudnichestvo” Toshkentdagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchining Rossiyaga kirishini taqiqlashni so‘ramoqda. Rossiya bolalar ombudsmani O‘zbekistonda rusiyzabon o‘quvchining kaltaklanishi bo‘yicha favqulodda vaziyat ko‘rib chiqilyotganini aytdi. Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida yozilishicha, o‘qituvchi rus sinfiga darsni o‘zbek tilida o‘tgan. O‘quvchi darsni rus tilida o‘tishni so‘ragani uchun uni kaltaklagan. “Rossotrudnichestvo” rasmiylarga usbu o‘qituvchi va uning qarindoshlarini Rossiyada ta’lim olish, ishlash umuman mamlakatga kirishini taqiqlashni so‘rab murojaat qilgan.
❗️ Eslatib o‘tamiz, o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi boshqa huqubuzarliklar ham sodir etib 7 sutkaga qamalgan va unga BHMning 3 baravari (1 020 000 so‘m) va 7 baravari (2 380 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.