Olmaliqda bog‘cha bolasini kaltaklagan tarbiyachiga “Hayfsan” berildi

Olmaliqda bog‘cha bolasini kaltaklagan tarbiyachiga “Hayfsan” berildi
  • 5
  • 21.12.2024 13:37:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi bo‘lgan bola kaltaklangani haqida video tarqaldi.

Bolalar ombudsmanining aniqlashicha, fuqaro 2020-yilda tug‘ilgan farzandi MTMda tarbiyachi tomonidan kaltaklanganligi to‘g‘risidagi ariza bilan 17-dekabr kuni murojaat qilgan.

Joriy yilning 22-dekabr kuni videokameradagi qaydlar tekshiruvida Olmaliq shahar 19-sonli maktabgacha ta’lim muasasasi tarbiyachisi, 2020-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchiga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan tarbiyalanuvchiga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Shu bilan birga, kasbiy majburiyatlarini buzgan tarbiyachiga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazosi qoʻllanilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News