Saudiya Arabistonida o‘qituvchi o‘limga hukm qilindi

Saudiya Arabistonida o‘qituvchi o‘limga hukm qilindi
  • 11
  • 01.09.2023 10:25:00
  • 1 daq o'qish

Saudiya Arabistoni sudi 54 yoshli sobiq o‘qituvchi Muhammad al-G‘amdini o‘lim jazosiga hukm qildi.

CNN telekanaliga ko‘ra, al-G‘amdiyning eng og‘ir jazoga mahkum etilganini Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti tasdiqlagan.

Bunday og‘ir jazoga Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi beshta posti sabab bo‘ldi, unda sobiq o‘qituvchi Saudiya Arabistonidagi korrupsiya va inson huquqlari buzilishi haqida keskin gapirgan deyiladi xabarda.

Muhammad al-G‘amdiy o‘tgan yili «qirol yoki valiahd shahzodani din va qonunga zid ta’riflash», «terrorizm mafkurasini qo‘llab-quvvatlash», «terrorchi tashkiloti bilan aloqadorlik» va «yolg‘on xabarlar chop etish» ayblari bilan hibsga olingan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News