Germaniyada tojikistonlik erkak o‘z xotinini o‘ldirishda gumon qilinmoqda

Germaniyada tojikistonlik erkak o‘z xotinini o‘ldirishda gumon qilinmoqda
  • 4
  • 18.07.2024 17:29:00
  • 1 daq o'qish

30-iyun kuni Berlinda oilasi bilan yashab kelayotgan 59 yoshli tojikistonlik 45 yoshli xotinini o‘ldirishda gumon qilinib, qo‘lga olingan. Er-xotinning 1 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar farzandi bor. Ularning besh nafari ota-onasi bilan yashagan. Qotillik sodir bo‘lgan kun ular hammasi oilaviy yig‘ilishgan bo‘lgan. Fojea sababi esa ochiqlanmagan. Lekin ayolning jasadi zo‘rovonlik izlari bilan topilgan bo‘lib, erkak ayolini urib o‘ldirgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda. Germaniyada qotillik uchun 5 yildan umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo tayinlanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News