
- 5
- 03.10.2024 16:13:00
- 1 daq o'qish
27-sentabr kuni Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi DL Public School maktabida 2-sinf o‘quvchisi maktab farovonligi uchun qurbon qilindi. Maktab egasi va direktori bilan birga yana uch kishi, jumladan ikki o‘qituvchi qotillik aybi bilan hibsga olingan. Aniqlanishicha, o‘qituvchilar o‘quvchini yotoqxonadan o‘g‘irlab, ovloq joyga olib borishgan va bo‘g‘ib o‘ldirishgan. So‘ng bolaning otasiga uning shifoxonada vafot etganini aytishgan.
Bu voqeadan so‘ng maktab yopilib, tekshiruv boshlangan. Muassasa hududidan diniy marosim buyumlari, sehrda ishlatiladigan buyumlar topilgan.