Jahon tillari universitetining talabasi Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etdi

Jahon tillari universitetining talabasi Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etdi
  • 5
  • 20.06.2024 14:43:00
  • 1 daq o'qish

Jahon tillari universitetining 20 yoshli talabasi 19-iyun kuni  kanalning Yunus Rajabiy ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi qismida ikki nafar kursdoshi bilan cho‘milmoqchi bo‘lgan. Biroq yigit suvga tushganida suv oqimi tezligi hamda sovuq bo‘lgani oqibatida suzib chiqolmasdan cho‘kib, oqib ketgan. 

O‘zbekcha Vikipediya faollari Telegram kanalining ma’lum qilishicha, vafot etgan yigit surxondaryolik bo‘lib, u 2022-yildan buyon o‘zbek tilidagi Vikipediya sahifasini rivojlantirishda ishtirok etib kelgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News