Prezident maktabi o‘quvchisi Garvardga grant bilan qabul qilindi

Prezident maktabi o‘quvchisi Garvardga grant bilan qabul qilindi
  • 6
  • 03.04.2024 15:25:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirov dunyo reytingida TOP 5 likka kiruvchi Garvard universitetiga 354,000 AQSh dollari miqdoridagi grant bilan o‘qishga qabul qilindi.

Shuningdek, Abdulaziz AQShning bakalavriat kollejlari orasida 11-o‘rinni egallaydigan Grinnell kollejining 300,000 AQSh dollari miqdoridagi grantini ham qo‘lga kiritgan.

Abdulaziz Sobirov IELTSdan 8,5 ball hamda SATdan 1560 ball sohibidir. Shuningdek, u “Zakovat O‘quvchilar Ligasi” 2022-2023-mavsumi mutlaq g‘olibi – “Et Cetera” jamoasi a’zosi.

Qolaversa, Abdulaziz “Vice-head of the United students” vitse-prezidenti hamda “PSAD” klubi asoschilaridan biri hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News