
- 4
- 09.09.2023 07:05:00
- 1 daq o'qish
Marokashda 6,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Oqibatda hozirga qadar 296 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Al-Arabiya nashri hukumatning rasmiy bayonotiga tayanib. Avvalroq OAV 96 kishining o‘limi haqida xabar bergandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar 153 kishini tashkil qilmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. 30 dan ortiq bino vayron bo‘lgan. Kasalxonalar zilziladan jabrlangan odamlar bilan to‘lib ketgan.
Yevropa—O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi 839 ming kishi istiqomat qiladigan Marrakesh shahridan 10 kilometr chuqurlikda va 77 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Rasmiylar zilzila qaytishidan xavotirlanmoqda.
Marokashda oxirgi marta kuchli zilzila 2004-yilda sodir bo‘lgandi. Uning magnitudasi 6,5 ballni tashkil etgan, o‘shanda 600 ga yaqin odam halok bo‘lgan.
Manba:Daryo.uz