Kamchatkada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Kamchatkada kuchli zilzila sodir bo‘ldi
  • 0
  • 19.09.2025 07:59:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Kamchatka yarimorolida 19-sentabrga o‘tar kechasi 7,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Uning o‘chog‘i Petropavlovsk-Kamchatskiydan taxminan 100 km sharqda, 10 km chuqurlikda joylashgan. Dastlabki silkinishlardan so‘ng 5,8 magnitudali aftershoklar kuzatilgan.

Rossiya Fanlar akademiyasi magnitudani 7,4 deb baholagan, gubernator esa kuchini 7,2 ball deb aytgan. Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. AQSH sunami xavfini e’lon qildi.

30-iyulda ham Kamchatkada 1952-yildan beri eng kuchli — 8,8 magnitudali zilzila bo‘lgan edi. Hududda seysmik faollik juda yuqori, tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat rejimi joriy etilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News