
- 0
- 05.09.2025 07:28:00
- 1 daq o'qish
Britaniyalik shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yurak kasalliklarini 15 soniyada aniqlay oladigan yangi stetoskop ishlab chiqdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi..London Imperial kolleji va NHS Imperial kolleji olimlari yaratgan qurilma inson qulog‘i ilg‘ay olmaydigan yurak urishi hamda qon oqimidagi o‘zgarishlarni tahlil qiladi va tezkor EKG o‘tkazadi. Tadqiqotlarda 12 mingga yaqin bemor qatnashib, yangi stetoskop yordamida yurak yetishmovchiligi ikki barobar, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi esa uch barobar ko‘proq aniqlangani qayd etildi. Mutaxassislar bu texnologiya yurak kasalliklarini tez va aniq tashxislash imkonini berishini ta’kidlashmoqda.