Vengriyadagi aviashouda sport samolyoti halokatga uchradi

Vengriyadagi aviashouda sport samolyoti halokatga uchradi
  • 6
  • 11.09.2023 08:30:00
  • 1 daq o'qish

Samolyot Vengriyadagi aviashou vaqtida qulab tushdi, natijada ikki kishi halok boʼldi, toʼrt kishi jarohatlandi.

Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.

Аgentlik maʼlumotlariga koʼra, fojia Budapeshtdan 70 km uzoqlikdagi Sekesfexervar aeroportida sodir boʼlgan.

“Samolyotda uchuvchidan tashqari yana bir yoʼlovchi boʼlgan, ikkalasi ham fojiali tarzda voqea joyida halok boʼlgan”, — deya xabar beradi “RIА Novosti”.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News