
- 1
- 04.05.2024 10:57:00
- 1 daq o'qish
Rossiyaning Kirov shahri politsiyasi O‘zbekistonda odam savdosida gumonlanayotgan 21 yoshli migrantni qo‘lga oldi.
Erkak davlatlararo qidiruvda bo‘lgan. Qayd qilinishicha, u Buxoroda Odam savdosi jinoyati bilan sirtdan qamoqqa olingan. Rossiyada esa u O‘zbekiston tergov organlaridan yashirinib yurgan. Shuningdek u qizni sotgani uchun qidiruvda bo‘lganini politsiyaga aytib tan olgan.
Hozirda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.