- 0
- 24.05.2025 18:16:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmdagi metallolomda snaryad portlab ketgani va oqibatda bir kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz ma’lum qilishicha, hodisa 11-aprel kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, metallomga yig‘ib kelingan temir-tersaklar tushirilayotganda ular orasida bo‘lgan snaryad portlab ketgan. Oqibatda shu yerda ishlovchi 31 yoshli erkak vafot etgan. Ushbu snaryad harbiy xizmatchilardan sotib olingani aytilgan biroq, Mudofaa vazirligi ushbu voqeaga harbiylarning aloqasi bo‘lmaganini va snaryad mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olinib, metallolomga topshirilganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Mudofaa vazirligi barcha internet nashri va blogerlardan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘rab, yolg‘on xabar uchun javobgarlik borligini eslatdi.
Holat yuzasidan Harbiy prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.