
- 8
- 02.10.2026 17:00:00
- 1 daq o'qish
Senator Rustam Kalanov O‘zbekistonda bolalarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan kastratsiya qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishni taklif etdi.
U bu taklifni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun muhokamasi vaqtida bildirdi. Kalanov ayrim davlatlarda bunday jinoyatlar uchun jarrohlik yo‘li bilan kastratsiya qo‘llanilishini aytib, ushbu chorani O‘zbekistonda ham ko‘rib chiqishni taklif qilgan.
Senat raisi Tanzila Norboyeva esa avvalo yangi qabul qilinayotgan qonunning amaliyotdagi natijalarini kuzatish, zarurat tug‘ilsa, keyinchalik qonunchilikni takomillashtirish mumkinligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Senat 2-oktabr kuni 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.