
- 4
- 27.07.2024 16:27:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitida elektr energiyasiga bo‘lgan talab hafta davomida 16,5 mln kVt soat yoki o‘rtacha 7,1% ga oshdi. 25−26-iyul kunlari energotizim bo‘yicha mutlaq tarixiy rekord ko‘rsatkichlar yangilandi.
25-iyul kuni soat 15:47da tizimda iste’mol quvvati 11 822 MVtni tashkil qildi. Bu vaqtda Toshkentda havo harorati +39,7 daraja bo‘lgan. Ko‘rsatkich yoz davri uchun tarixdagi absolyut rekord bo‘lib, o‘tgan yilning 28-iyulida (+40 daraja) qayd etilgan eng yuqori iste’molga nisbatan 343 MVt ko‘p.