
- 0
- 13.08.2025 14:38:00
- 1 daq o'qish
13-avgust kuni Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida joylashgan “Oqqo‘rg‘on” MFY hududidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi. FVV ma’lumotiga ko‘ra, soat 12:58 da yoqilg‘i tashuvchi avtosisternadan rezervuarga gaz to‘kish jarayonida texnologik qoidalar buzilishi natijasida chaqnash va yong‘in kelib chiqqan. 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 13:07 da yetib kelib, yong‘in 13:16 da to‘liq o‘chirildi. Hodisa sabablari va yetkazilgan zarar o‘rganilmoqda.