Chaqaloqli ayolni tepib, mashinaga o‘tqazgan PPX xodimi jazolandi

Chaqaloqli ayolni tepib, mashinaga o‘tqazgan PPX xodimi jazolandi
  • 8
  • 19.09.2023 07:28:00
  • 1 daq o'qish

Farg‘ona viloyati IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi. Avvalroq, Farg‘onada PPX xodimi bola ko‘targan ayolga qo‘pol muomalada bo‘lib, uni mashinaga o‘tqazayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 18 sentyabr kuni Post-patrul xizmati xodimlari Farg‘ona shahar I.Karimov hamda Quvasoy ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan vaqtda videotasvirdagi ayol tilanchilik bilan shug‘ullanayotganligi uchun u bilan profilaktik suhbat o‘tkazish maqsadida ayoldan yo‘lning qatnov qismidan chetga chiqishi so‘ralgan. Bundan ayolning jahli chiqib, xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan. Ayolni IIBga olib ketmoqchi bo‘lishganda qo‘lidagi yosh bolasini yerga tashlab yubormoqchi bo‘lgan payt xodimlar tomonidan ushlab qolingan. 
Ammo xodimning keyingi hatti-harakatlari jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘ldi. 
Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, kasb odobi va etikasiga amal qilmay, noo‘rin harakatlar sodir qilgan PPX xodimi egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. 
Shuningdek, viloyat IIB barcha shaxsiy tarkibi yuqoridagi kabi harakatlarni sodir etmasliklari yuzasidan qat’iy ogohlantirildi.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News