Kamchatkada 8.8 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi

Kamchatkada 8.8 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi
  • 0
  • 30.07.2025 08:41:00
  • 1 daq o'qish

29-iyul kuni Rossiyaning Kamchatka yarimoroli yaqinida 8.8 magnitudali kuchli yer silkinishi qayd etildi. Bu 1952-yildan beri mintaqada kuzatilgan eng kuchli zilzila hisoblanadi.

Zilzila ortidan Kuril orollarida sunami xavfi e’lon qilindi. Yaponiya shimoli va AQSHning Havayi, Alyaska, Kaliforniya sohillarida ham sunami ogohlantirishlari berildi. Ba’zi hududlarda odamlar evakuatsiya qilindi.

Tabiiy ofat oqibatlari yuzasidan hozircha qurbonlar yoki zararlar haqida rasmiy ma’lumotlar berilmadi. Mutasaddi xizmatlar vaziyatni kuzatmoqda. 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News