
- 15
- 12.10.2026 18:22:00
- 1 daq o'qish
Hindistonda Dehlidan Chennayga uchayotgan IndiGo aviakompaniyasining samolyotida yo‘lovchiga tegishli poverbank yonib ketdi. Hodisa sabab samolyot Haydarobod aeroportiga yo‘naltirildi.
Voqea 11-oktabr kuni IndiGo’ning 6E 6115-reysida yuz bergan. Samolyotning yuqori yuk javonidan tutun chiqqan. Ekipaj yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan, uchuvchilar esa xavfsizlik qoidalariga muvofiq samolyotni Haydarobodga qo‘ndirgan.
Samolyot bortida taxminan 180 nafar yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlangani haqida xabar berilmagan. Yo‘lovchilarni Chennayga yetkazish uchun boshqa samolyot ajratilgan.