- 0
- 29.05.2025 13:42:00
- 1 daq o'qish
Haj safariga otlangan liviyalik Amer al-Mahdi Mansur al-Qaddafiy Sebha aeroportida familiyasi sobiq diktator Muammar Qaddafiy bilan bir xil bo‘lgani sabab pasport tekshiruvida ushlab qolindi. Uning sobiq diktator bilan aloqasi yo‘qligi aniqlangach, qo‘yib yuborildi, biroq u reysga ulgurmadi. Samolyot havoga ko‘tarilgach, texnik nosozlik sabab qaytib keldi. Yigit yana chiqishga harakat qildi, lekin kapitan ruxsat bermadi. Samolyot ikkinchi marta ham nosozlik tufayli qaytganida, kapitan: “Bu safar usiz uchmayman,” dedi. Yigit bortga chiqdi va nihoyat Hajga jo‘nab ketdi.
Ushbu ajoyib va barchani hayratga solgan voqea shu yil may oyida bo‘lgan va ko‘plab xorijiy OAVlarda yoritilgan.
Ushbu voqeadan xulosa shuki, Alloh xohlasa, hech bir to‘siq to‘sqinlik qila olmaydi.