Toshkentda qalbaki 40 mln so‘mni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qolga tushdi

Toshkentda qalbaki 40 mln so‘mni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qolga tushdi
  • 5
  • 12.10.2023 08:56:00
  • 1 daq o'qish

Fuqaro 200 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 18 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.H. fuqaro A.D.ga 200 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 18 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Axborot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan JKning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News