
- 6
- 19.06.2024 14:55:00
- 1 daq o'qish
Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro boshqa bir fuqaroni Amerikaga yuborishni va’da qilib, undan 14,3 ming dollar olgan. Ammo u fuqaroni Amerikaga emas, Janubiy Afrikaga jo‘natgan. Afrikada qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqaroni vatanga qaytarish uchun uning otasidan yana 6,7 ming dollar so‘ragan. Jizzax IIB tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, firibgar 6,7 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.