
- 5
- 20.07.2023 11:06:00
- 1 daq o'qish
U yashirin ravishda giyohvandlik vositalarini O‘zbekistonga olib kirishga uringan. Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda "Urganch xalqaro aeroporti" yaqinida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida O‘zbekistonga uchib kelgan fuqaro S.A. tomonidan konfetlar orasida yashirincha olib kelingan giyohvandlik vositalarini fuqaro M.A. qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, u 10 dona syellofan paketchalardagi o‘rami bilan og‘irligi 175 grammga teng bo‘lgan “geroin” giyohvandlik vositasi hamda 16 dona syellofan paketchalardagi o‘rami bilan og‘irligi 405 grammga teng bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini noqonuniy olib o‘tishga uringan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Manba: uznews.uz