
- 6
- 14.07.2023 08:34:00
- 1 daq o'qish
Qirg‘izistonlik fuqaro noqonuniy "KamAZ"ga yuklab O‘zbekistondan o‘tib, Qirg‘izistonga kirganida qo‘lga olingan. Qirg‘izistonlik fuqaro O‘zbekistondan noqonuniy ravishda 7 tonna nosvoy olib kirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Chegara xizmati Axborot va kommunikasiyalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qadamdjoy tumani Burgondu qishlog‘ida chegarachilar va bojxonachilar Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi boshqaruvidagi "KamAZ"ni qo‘lga olgan. Avtomobilni ko‘zdan kechirish chog‘ida 7 tonna nosvoyi aniqlangan.
Vaziyatga oydinlik kiritilar ekan, chekilmaydigan tamaki mahsuloti Qirg‘izistonga keyinchalik sotish uchun Farg‘ona viloyati Cho‘n-Gʻara qishlog‘idagi nazorat-o‘tkazish punktlarini chetlab o‘tib noqonuniy olib chiqib ketilgani ma’lum bo‘lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, haydovchi va yuk qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun Bojxona boshqarmasi hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirildi.
Manba: uznews.uz