
- 8
- 20.07.2023 11:29:00
- 1 daq o'qish
Yakkasaroy tumanida avtobus va piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 19 iyul kuni soat 17:00da Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
1988 yilda tug‘ilgan A.D. “Yutong” rusumli avtobusini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda, 1972 yilda tug‘ilgan G‘.K.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramay G‘.K. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
manba:kun.uz