
- 22
- 07.10.2026 09:58:00
- 1 daq o'qish
Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi Xefey–Dalyan reysida yuz bergan mojaro ortidan yo‘lovchi ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi.
Hodisa 28-sentabr kuni yuz bergan. Ichimlik tarqatayotgan styuardessa uxlab yotgan yo‘lovchining tirsagiga xizmat aravachasini tasodifan tekkizib yuborgan va darhol uzr so‘ragan.
Biroq yo‘lovchi norozilik bildirib, styuardessaga qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Keyinchalik styuardessa yo‘lovchi oldida tiz cho‘kib, yana uzr so‘ragan.
Samolyot qo‘ngach, shifokorlar yo‘lovchini tekshirgan va unda jiddiy jarohat yoki shish aniqlanmagan. China Eastern yo‘lovchining xatti-harakatlari bortdagi tartibni buzgan va xodimning sha’niga tajovuz qilgan deb hisoblab, politsiyaga murojaat qilgan.
Aviakompaniya yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishni ham to‘xtatgan.