Toshkent markazidagi ko‘chaning bir qismi 7 kunga avtomobillar harakati uchun yopildi

Toshkent markazidagi ko‘chaning bir qismi 7 kunga avtomobillar harakati uchun yopildi
  • 4
  • 29.08.2023 07:42:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Yakub Kolas ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, barcha hududlarda elektr tarmoqlari kabellarini, transformatorlarni yangilash-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Mirobod tumanining Yakub Kolas ko‘chasi hududida 18x6 metr uzunlikdagi 110 kilovatt bo‘lgan yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli, 28-avgust kunidan 4-sentabr kuniga qadar Yakub Kolas ko‘chasining Mirobod tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi yonidan 20 metr uzunlikdagi (110-umumtaʼlim maktabi qarshisi) qismi barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun yopildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News