Andijonda 4 yashar bolaga itlar galasi hujum qildi

Andijonda 4 yashar bolaga itlar galasi hujum qildi
  • 6
  • 13.07.2023 10:41:00
  • 1 daq o'qish

5-6 ta itlar bolani turli joylaridan tishlab, jarohat yetkazgan. Viloyat SSB hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Andijonda yosh bolani itlar g‘ajib tashlagani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat SSB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea 9 iyul kuni Xo‘jaobod tumanida sodir bo‘lgan.
2018 yilda tug‘ilgan bola tumanning “Mustaqillikning 30 yilligi” mahallasiga xolasining uyiga mehmonga borgan. Bolakay aholi yashash hududidan uzoqda joylashgan chiqindi tashlash joyiga yaqin hududda qarovsiz holatda o‘ynayotgan vaqtda itlar galasi unga hujum qilgan.
Ma’lum qilinishicha, bolaning o‘ng yuzi, ikkala quloq suprasi, chap o‘mrov sohasi, ko‘krak qafasi orqa yuzasi, ikkala yelka, dumg‘aza sohasida it tishlagan jarohatlari bor.
“Viloyat markazidagi shifoxonada davolanayotgan bolaning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli, hushida, o‘zi mustaqil ovqatlanmoqda, harakatlanmoqda. Davolanish jarayonlari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i va tibbiy markaz direktori nazoratiga olingan, bolada quturish alomatlari yo‘q”, - deyiladi xabarda.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News