
- 5
- 19.09.2026 12:51:00
- 1 daq o'qish
2026–2027-o‘quv yilidan O‘zbekistonda magistratura ta’limi ikki yo‘nalishga ajratiladi. Amaliy magistratura kamida bir yil, ilmiy-pedagogik magistratura esa kamida ikki yil davom etadi.
Yangi tartibga ko‘ra, amaliy magistraturani tamomlayotgan talabalar magistrlik dissertatsiyasi o‘rniga amaliy ish tayyorlaydi. Bu loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ish bo‘lishi mumkin. Tayyorlangan ish himoya qilinadi.
Ilmiy-pedagogik magistraturada esa talabalar an’anaviy magistrlik dissertatsiyasi tayyorlaydi. Dissertatsiya plagiatga tekshiriladi va “yashirin ekspert taqrizi”dan o‘tkaziladi.
Magistraturada kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllari bo‘lishi mumkin.
Yangi tartib Odil sudlov akademiyasi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.