
- 10
- 07.11.2023 20:25:00
- 1 daq o'qish
8-10 noyabr kunlari Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi yo‘nalishlarda transport harakati cheklanadi:
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur - Shota Rustaveli chorrahasigacha;
Nukus ko‘chasi — Bobur chorrahasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Movarounnahr ko‘chasigacha;
Oybek — Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko‘chalari;
Islom Karimov — Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur — Islom Karimov chorrahasigacha;
Sharof Rashidov — Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa aylanma yo‘ligacha;
Navoiy — Mustaqillik chorrahasidan Navoiy — Labzak chorrahasigacha;
Furqat — Beshyog‘och chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov — Beshyog‘och chorrahasigacha;
Olmazor — Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasigacha yopiladi.