
- 5
- 17.05.2023 11:49:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 21 may kuni “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi.
20 may kuni soat 10:00 dan 21 may kuni soat 11:00 gacha:
- Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
21 may kuni soat 5:30 dan soat 9:00 gacha:
- Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;
- Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Rim katolik cherkovigacha.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Manba: kun.uz