Toshkentdan Samarqandga eltuvchi yangi temiryo‘l quriladi

Toshkentdan Samarqandga eltuvchi yangi temiryo‘l quriladi
  • 7
  • 11.11.2023 08:40:00
  • 1 daq o'qish

“O‘zbekiston temir yo‘llari” raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov Toshkentdan Samarqandga yuqori tezlikdagi temiryo‘l magistralini qurish rejasi haqida ma’lum qildi. “Hozir bizda bitta magistral bor va biz undan ham yuqori tezlikdagi, ham tezyurar, ham oddiy transportlarda yo‘lovchi tashish maqsadida, va ham yuk tashuvlari uchun foydalanyapmiz”, deya yangi temiryo‘lga zaruratni tushuntirdi O‘TY raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov. Ta’kidlash lozim, “O‘zbekiston–2030” strategiyasida 2030 yil yakuniga qadar Toshkent – Samarqand, Samarqand – Navoiy – Buxoro yo‘nalishlarida yangi tezyurar temiryo‘llarni qurish, tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish sonini 2,5 barobar ko‘paytirish reja qilingan. 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News