
- 2
- 22.09.2026 15:09:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda ish joylarida tazyiq va zo‘ravonlik holatlari haqida onlayn murojaat qilish imkonini beruvchi “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” portali ishga tushiriladi.
Prezidentning 21-sentabrdagi qaroriga ko‘ra, portal 2026-yil 1-dekabrgacha davlat organlari va tashkilotlari uchun ishga tushiriladi.
Portal orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi. Murojaatlarni tekshirish, dalillarni to‘plash va ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlar ham portalda saqlanadi.
Agar holatda ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa, murojaat 112 yagona dispetcherlik xizmati orqali vakolatli organga yuboriladi.
Dastur davlat organlari va tashkilotlari, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan korxonalar hamda boshqa tashkilotlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.