G‘ayrioddiy orbitaga ega bo‘lgan yangi sayyora aniqlandi

G‘ayrioddiy orbitaga ega bo‘lgan yangi sayyora aniqlandi
  • 6
  • 08.06.2023 07:59:00
  • 1 daq o'qish

TESS teleskopi g‘ayrioddiy orbitaga ega bo‘lgan Yupiter sinfidagi issiq ekzosayyorani aniqladi.

Pensilvaniya universiteti olimlari boshchiligidagi astronomlar TOI-1859 b issiq Yupiter sinfiga mansub g‘ayrioddiy ekzosayyora topilganini e’lon qilishdi, u yulduz atrofida cho‘zilgan bo‘lib, qiya orbita bo‘ylab aylanadi.

Kuzatish natijalari AQSHning Kornell universitetiga tegishi ArXiv saytida chop etilgan dastlabki xulosalarda xabar qilindi.Quyoshdan 30 foizga kattaroq bo‘lgan TOI-1859 yulduzini kuzatish TESS kosmik teleskopi yordamida amalga oshirildi, u ekzosayyoralarni "ota-ona" yulduzlarning yorqinligini o‘zgartirishiga qarab qidiradi. Ushbu yondashuv tranzit usuli deb ataladi va hozirgacha kosmik kema 6600 ga yaqin nomzod obyektni aniqladi, ulardan 333 tasi ekzosayyoralar ekanligi tasdiqlangan.

manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News