Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi
  • 11
  • 14.07.2023 08:18:00
  • 1 daq o'qish

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u 2023-yilning 16-yanvaridan boshlab Buxoro viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2021-yilda esa Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgandi.

Jamshid Tursunov 1979-yilda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2003-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Hokimlikka kelguniga qadar 2021—2023-yillarda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni saylovdan keyingi birinchi yig‘ilishda respublika darajasidagi qator rahbarlar, jumladan, 2019-yildan buyon Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan, biroq yo‘l sohasiga 2001-yildan buyon javobgar bo‘lgan Abdurahmon Abduvaliyevni lavozimidan olgandi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News