Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi
  • 7
  • 05.04.2023 13:07:00
  • 1 daq o'qish

Tashqi ishlar vazirligi xodimi agentlikka rahbar bo‘ldi. 

O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Jahongir Isamutdinovich Xudoyxo‘jayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi.

Jahongir Xudoyxo‘jayev 1979 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, shu vaqtga qadar Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan 2019-2022 yillarda vazir maslahatchisi bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining avvalgi rahbari Afzal Irmatov Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ayblanib, hibsga olingan edi. 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News