Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
  • 12
  • 16.09.2023 12:34:00
  • 1 daq o'qish

Zufar Qurbonov ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

O‘zbekistonda ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Zufar Qurbonov ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Tayinlovga qadar Z.Kurbanov “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan.

IIVda vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hozirga qadar vakant edi. Unga quyidagi xizmatlar bevosita bo‘ysunadi: Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi; Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi; Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi.

Ma’lumot uchun, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning hozirda 6 nafar o‘rinbosari va 3 nafar maslahatchisi bor. Ular:

  • vazirning birinchi o‘rinbosari - polkovnik Shavkat Rahmonov;
  • vazir o‘rinbosari - general-mayor Bekmurod Abdullayev;
  • vazir o‘rinbosari - general-mayor Davron Nazarmuhammedov;
  • vazir o‘rinbosari - polkovnik Yahyo Abdulhaqov;
  • vazir o‘rinbosari - polkovnik Saidkarim Nishonboyev;
  • vazir o‘rinbosari - general-mayor Bahodir Mirzarahimov;
  • vazir maslahatchisi - general-polkovnik Zokir Almatov;
  • vazir maslahatchisi - polkovnik Shohrux G‘iyosov;
  • vazir maslahatchisi - podpolkovnik Xurshid Ro‘ziyev.

Manba:Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News