👀 Yangi rang kashf etildi!

👀 Yangi rang kashf etildi!
  • 0
  • 06.09.2025 08:21:00
  • 1 daq o'qish


Ko‘zlaringiz ko‘ra oladigan ranglarning chegarasi bor deb o‘ylaganmisiz? 🤔

Kaliforniya universiteti olimlari tabiatda mavjud bo‘lmagan mutlaqo yangi rangni kashf qilishdi. Uning nomi — “Olo”.
Maxsus lazer texnologiyasi yordamida faqat yashil rangni qabul qiluvchi retseptorlar faollashtirildi. Natijada miya ilgari uchramagan “sof yashil” signali qabul qilib, uni “Olo” deb atalgan mutlaqo yangi rang sifatida talqin qildi.
Bu kashfiyot rang ko‘rligini davolash, ko‘z kasalliklarini o‘rganish va kelajakda insonlarga “super ko‘rish” berish imkoniyatini yaratishi mumkin.
Hozircha bu rangni faqat Berkeley laboratoriyasida maxsus tajribada ko‘rish mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News