Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga yangi rais tayinlandi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga yangi rais tayinlandi
  • 7
  • 11.07.2023 14:18:00
  • 1 daq o'qish

Mazkur lavozimga YUNESKO bo‘yicha Milliy komissiya Bosh kotibi Gayane Umerova tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Gayane Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlangan.
2023 yil 1 iyundagi PQ-177-sonli qarorga muvofiq, u bir vaqtning o‘zida YUNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining raisi hisoblanadi.
Tayinlovga qadar, Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori va O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi lavozimlarida ishlagan.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News