O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etiladi✅

O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etiladi✅
  • 5
  • 04.10.2024 12:35:00
  • 1 daq o'qish

Prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Agentlik chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona me’yorlar va standartlarni ishlab chiqishga, sinovdan o‘tkazishga va amaliyotga tatbiq etishga, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirishga mas’ul davlat organi hisoblanadi.

Bundan tashqari, 2024–2026-yillarda – viloyatdagi chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan” va “oziq-ovqat” toifalariga saralagan holda yig‘ish bo‘yicha tajriba o‘tkazilishi, “qayta ishlanadigan” toifaga mansub chiqindi turlari aholidan sotib olinishi belgilangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News