
- 15
- 02.06.2023 08:18:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Mansurbek Polvonzoda Olloyorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar Mansurbek Olloyorov Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbarining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.