Samarqanddagi mehmonxonada qotillik ro‘y berdi

Samarqanddagi mehmonxonada qotillik ro‘y berdi
  • 4
  • 01.08.2023 13:51:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Temiryo‘l dehqon bozori oldidagi mehmonxonalarning birida qotillik ro‘y berganligi to‘g‘risidagi xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahri «Nurli yo‘l» mahallasida joylashgan mehmonxonada 30 yoshli ayolning murdasi bo‘yin sohasidan bo‘g‘ilgan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News